Maktabgacha ta’lim tashkilotiga yangi jihozlar yetkazib berildi
         
                                    
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shoxista Turg‘unova tomonidan Chortoqdagi 36-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining moddiy texnika bazasi o‘rganilib, tuman bo‘limiga zarur jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha tavsiya berilgan edi.
Shunga muvofiq, bugun muassasaga yangi jihozlar yetkazib berildi.
Deputatlik so‘rovi kiritish orqali muassasani davlat dasturi asosida mukammal ta’mirlash masalasi ham ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi.
