Sayyor qabul davlat va xalq o‘rtasidagi ko‘prik
Hududlarda tashkil etilayotgan sayyor qabullar aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalarni o‘rganish va ularni joyida hal etishga keng imkoniyat yaratmoqda.
Toshkent viloyatida Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Ergash Abdurayimov Mirzo Ulug‘bek, Mustaqillik va Birdamlik mahallalari fuqarolarini qabul qildi. Qabul vaqtida fuqarolar murojaatining ko‘p qismi ijobiy hal etildi.
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Sayfiddin Subanov Oltin va Koinot mahallalarining aholisi murojaatlarini Oltin MFY binosida tingladi.
Shuningdek, deputat ayrim xonadonlarda bo‘lib, bemorlar holidan xabar oldi hamda kasbi doktor bo‘lganligi sababli tibbiy tavsiyalar berdi.