Harbiy qismda “Deputat va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi
Harbiy qismda “Deputat va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

 

Jizzax garnizonidagi harbiy qismda tashkil etilgan “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘ini ishtirokchilari bilan “Deputat va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Unda Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining deputatlari Nuriddin Xolmatov va Murodbek Rahmonberdiyevlar ishtirok etishdi.

Muloqot davomida yoshlarga saylov qonunchiligi, siyosiy partiyalarning jamiyatimizdagi o‘rni, yoshlar parlamenti maqsad va vazifalari tushuntirildi. Qolaversa, bugungi kunda mamlakatimizda va xalqaro maydonda sodir bo‘layotgan voqea va xodisalarga munosabat bildirildi.

Yoshlar tomonidan bildirilgan savol va takliflar muhokama etildi!

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish