Ijtimoiy himoyaga muhtojlarga yordam ko‘rsatilmoqda
Ijtimoiy himoyaga muhtojlarga yordam ko‘rsatilmoqda

 

Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida O‘zbekiston XDPdan saylangan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Ravshanoy Abdullayeva boshchiligida “Uyma-uy” loyihasi amalga oshirildi.

Loyiha doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan aholi, shuningdek, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish, holidan xabar olindi.

Jumladan, Andarxon MFY, Andarxon ko‘chasi, 98-uyda yashovchi 2-guruh nogironi Robiyaxon ona Nasibova, 85-uyda yashovchi 2 nafar voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan Sadoqatxon Jo‘raboyeva, Yangi hayot ko‘chasi, 35-uyda yashovchi 2-guruh nogironi, boquvchisini yo‘qotgan Nafisaxon Isoqova, 46-uyda yashovchi 2 nafar voyaga yetmagan farzandi bor Saidaxon Isoqovalar xonadonida bo‘lib, zarur oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish