O‘zbekiston XDP Farg‘ona viloyat Toshloq tumani kengashi deputati Tursunboy Soliev ishtirokida “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident qarorining bajarilishi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.
Prezidentimizning mazkur qarori asosida tumandagi mavjud 51 ta mahallaning 41 tasida Dastur doirasida infratuzilmasi yanada rivojlantiriladi. Ichki yo‘llar shag‘allashtirilib, asfalt yotqizish ishlari olib boriladi. Elektr tarmoqlari ta'mirlanib, qo‘shimcha transformatorlar o‘rnatiladi. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash yuzasidan ishlar amalga oshiriladi.
Jumladan, tumandagi So‘kchilik mahallasida ham uch kilometrdan ortiq aholi yashash punktlari toza ichimlik suvi bilan ta'minlanadi.
Bugungi kunda mahallada tarmoqqa ulanish ishlari jadal sur'atlar bilan olib borilmoqda.