Özbekiston XDP Samarqand viloyat kengaşida xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengaşidagi ÖzXDP deputatlik guruhi yiğilişi va jamoatçilik eşituvi bölib ötdi. Unda viloyatda davlat tibbiy suğurtasi tizimini joriy etişga tayyorgarlik holati muhokama qilindi.
Tadbirda Prezidentning 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-son qarori ijrosi doirasida birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining moddiy-texnik bazasi, tibbiy xizmatlar sifati va aholining yangi tizimdan xabardorligi masalalariga e’tibor qaratildi.
Muhokamalarda kafolatlangan tibbiy xizmatlar va dori vositalaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, oilaviy şifokorlar faoliyatini takomillaştiriş, ayniqsa, pensionerlar, nogironligi bölgan şaxslar va kam ta’minlangan oilalar uçun tibbiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatini yaxşilaş zarurligi ta’kidlandi.
Özbekiston XDP sifatli tibbiy xizmatdan foydalaniş imkoniyati har bir fuqaro uçun imkonli bölişi, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar manfaatlari esa davlat siyosatida e’tiborda turişini muhim deb hisoblaydi. Şu bois davlat tibbiy suğurtasi tizimining amaliyotga joriy etilişi, kafolatlangan xizmatlar sifati va ulardan foydalaniş imkoniyatlari deputatlik hamda jamoatçilik nazoratining muhim yönalişidir.
Yiğiliş yakunida deputatlik guruhi tegişli qaror qabul qildi. Unda tizimni joriy etiş jarayonini monitoring qiliş, aholi örtasida tuşuntiriş işlarini kuçaytiriş, tibbiy xizmatlar sifati va fuqarolar murojaatlarini örganiş, zarur hollarda tegişli taşkilotlarga deputatlik sörovlari kiritiş vazifalari belgilandi.