Prezident Şavkat Mirziyoyevning tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uçraşuvida belgilangan ustuvor vazifalar mamlakatimizda inson salomatligini muhofaza qiliş, tibbiy xizmat sifatini oşiriş va soha xodimlarini qöllab-quvvatlaş borasidagi islohotlarning muhim yönalişlarini belgilab berdi.
Ma’lumotlarga köra, sönggi ön yilda 10 million aholiga xizmat körsatadigan yangi poliklinika va şifoxonalar işga tuşirilib, 58 mingta şifo örni yaratilgan. Zamonaviy tibbiyot muassasalarining köpayişi va xususiy sektorning rivojlanişi natijasida tibbiy xizmatlar hajmi uç karra oşgan.
Şifokor sifatida ta’kidlaşni istardimki, tibbiyotning asosiy vazifasi nafaqat kasallikni davolaş, balki uning oldini oliş, xastaliklarni erta aniqlaş va har bir insonning sifatli tibbiy yordam olişini ta’minlaşdan iborat. Bu borada 28 ta tumanda sinovdan ötkazilgan yangi tizim doirasida 7 million aholi oilaviy şifokorlarga biriktirilgani muhim ahamiyatga ega. Şuningdek, beşta hududda infarkt va insultni erta aniqlaş hamda davolaş dasturi natijasida beş oy içida uşbu kasalliklardan erta ölim 15 foizga kamaygani, 855 nafar insonning hayoti va salomatligini saqlab qolişga erişilgani profilaktik tibbiyotning naqadar muhimligini tasdiqlaydi.
Kelgusi yildan birlamçi tibbiy yordamning yangi modeli yana 100 ta tumanda joriy etilişi, aholiga bepul beriladigan dori vositalari turi 73 taga, tibbiy tekşiruvlar turi esa 36 taga yetkazilişi rejalaştirilmoqda. Onkologik kasalliklarni erta aniqlaş dasturlarining 2028 yildan barça hududlarda yölga qöyilişi ham kasalliklarning oldini oliş va ularni dastlabki bosqiçlarda davolaş imkoniyatlarini kengaytiradi.
Aslida tibbiy xizmatning sifatliligi har bir fuqaro hayotida sezilişi, profilaktik nazoratni aholiga yanada yaqinlaştiriş va inson qadrini e’zozlaş bu borada asosiy vazifamiz bölişi lozim. Zero, soğlom inson — farovon oila, barqaror jamiyat va yuksak taraqqiyotning asosidir.
Özbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi sifatida aytişim mumkinki, tibbiyot xodimlarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga qaratilgan çoralar ham e’tiborga molik. Sohada kamida 15 yil işlagan xodimlarning ipoteka kreditining bir qismini qoplaş uçun 50 milliard söm ajratilişi, har yili 500 nafar yoş tibbiyot xodimining ipoteka krediti boşlanğiç badalining 25 foizi qoplanişi, olis hududlarda iş boşlagan şifokorlarga 50 million söm bir martalik rağbat puli berilişi soha vakillarining mehnatini qadrlaş va ular uçun munosib şaroit yaratişga xizmat qiladi.
Muqaddas ÖRAZALIYEVA,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi
Özbekiston XDP fraksiyasi a’zosi.