Jizzax viloyati Zarbdor tumanining Yangikent mahallasida bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanish masalasi o‘rganildi. O‘rganishda xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining doimiy komissiyasi raisi To‘lqin Qodirov, tuman Kengashi deputati Furqat Sarimsakov hamda tuman hokimining o‘rinbosari Dilorom Xolmurzayeva ishtirok etdi.
Jarayonda bo‘sh obyektlarni tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish, ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash va aholi uchun qo‘shimcha daromad manbalarini shakllantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Bu masalalar O‘zbekiston XDPning aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar manfaatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturiy maqsadlariga hamohangdir.