Andijonda “Tashabbusli budjet”ga jalb etiladigan loyihalar o‘rganilmoqda

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Anvarjon Nurmatov parlament deputatlariga berilgan vakolatdan foydalanib, mahalla aholisi uchun eng zarur bo‘lgan loyihani aniqlash maqsadida Andijon viloyatining Izboskan tumanida “Tashabbusli budjet” loyihasida ishtirok etgan, lekin yetarlicha ovoz to‘play olmagan loyihalarni joyiga borib o‘rgandi.

Xususan, “Markaz” mahallasida asfaltlanishi zarur bo‘lgan jami 3,4 km uzunlikdagi yo‘llarni ko‘zdan kechirib, mahalla raisi va shu yerda yashovchi aholi vakillari bilan suhbatlashdi. So‘ng tumandagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabida qurilishi zarur bo‘lgan ochiq o‘yingoh uchun ajratilgan joyni ham borib ko‘rdi.

Ayni vaqtda deputatimiz tomonidan aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga xizmat qiladigan va amalga oshirilishi dolzarb bo‘lgan loyihalarni aniqlash maqsadida hududlarda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish