Yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimlari sinovdan o‘tkazildi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi tomonidan Shumanay tumanida “Siyosatdagi yoshlar” intellektual turniri o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida tashkil etilgan turnirda yoshlarning siyosiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, siyosiy jarayonlarda faol ishtirokini ta’minlash, ularning siyosiy-huquqiy bilimlarini aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan. Ishtirokchilar 2 ta shart asosida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

“Tezkor savol-javob” shartida ishtirokchilar davlat boshqaruvi va siyosiy jarayonlarga oid savollarga tez va aniq javob berib, bilim va tez fikrlash qobiliyatlarini namoyish etdi. “Mulohaza va mantiqiy tahlil” shartida esa jamoa sardorlari hakamlar hay’ati tomonidan tayyorlangan savollardan birini tanlab, jamoasi bilan birgalikda javob berdi.

Turnir yakunida “Birlashgan ittifoq” jamoasi birinchi, “33-maktab” jamoasi ikkinchi, “Liderlar” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi. G‘oliblar partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi tomonidan tayyorlangan maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Tadbir yakunida partiya safiga yangi qabul qilingan yoshlarga a’zolik guvohnomalari topshirildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish