Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Iba Narizova hamda Xalq demokratik partiyasi Navoiy viloyat Kengashi raisi Baxtiyor Toshevlar Qiziltepa tumanidagi “Gulzor” mahallasida saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etishdi.
Uchrashuv davomida mas’ullarimiz hududda amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Mazkur ishlar O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining dasturiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, aholining turmush farovonligini oshirishga qaratilgan holda izchil amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan aytilgan murojaat va takliflari tinglanib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni o‘z vaqti hal etish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.