Bo‘stondagi ijtimoiy soha obyektlarida to‘siqsiz muhit yaratish borasidagi ishlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Bo‘ston tuman Kengashidagi partiyamiz deputatlik guruhi tomonidan tumandagi ijtimoiy soha obyektlarida nogironligi bor shaxslarga qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratish borasidagi ishlar ijrosi o‘rganildi.
Deputatlarimiz maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari xamda tibbiyot birlashmalarida bo‘lib, nogironligi bor shaxslarga yaratilgan sharoitlar hamda mavjud muammo va kamchilliklarni ko‘zdan kechirishdi.
Shuningdek, hududdagi yangi qurilayotgan obyektlarda nogironlarga sharoit yaratishda shaharsozlik me’yorlariga qanchalik amal qilinayotgani ustidan deputatlik nazorati olib borildi.
Aniqlangan ba’zi muammo va kamchilliklar yuzasidan mas’ullar bilan bog‘lanib, ijobiy hal etish borasida kelishib olishdi.