Partiyamizning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan Chimboy tuman Yoshlar markazida “Ijtimoiy tashabbuslar kuni” aksiyasi o‘tkazildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi a’zolari, tuman hokimi, deputatlar, partiya faollari va yoshlar ishtirok etdi.
“Ijtimoiy tashabbuslar kuni” – ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari hamda faol yoshlar uchun tashkil etiladigan ochiq muloqot va g‘oyalar almashuvi maydonidir.
Aksiyani o‘tkazishdan asosiy maqsad, yoshlarning ijtimoiy g‘oyalariga ishonch bildirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va amaliyotga tatbiq etish orqali yoshlarning faolligini oshirishdan iborat.
Mas’ullar yoshlar bilan samimiy muloqot qilib, fikr va g‘oyalarini tinglashdi. Ularning tashabbuslarini amaliyotga joriy etishga doimo tayyorligini bildirishdi.