lojihalarimiz
Qarshida ta’lim sohasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Imomnazar Tursunov va Sharofiddin Nazarov soha vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi...
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati o‘rganildi
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi Qizilgul Qosimova Ohangaron shahridagi 1-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish davomida muassasa xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, xizmat ko‘rsatish sifati, autsorsing tizimidagi mavjud sharoitlar, shuningdek, tizimdagi muammolar muhokama qilindi...
Yoshlar ishtirokida siyosiy intellektual turnir o‘tkazildi
Yoshlarda davlat boshqaruvi, qonunchilik, parlament faoliyati, saylov tizimi va fuqarolik jamiyati institutlari haqidagi bilimlarni chuqurlashtirish va sog‘lom siyosiy raqobat muhitini shakllantirish maqsadida namanganlik faol yoshlarni birlashtirgan “Siyosatdagi yoshlar” intellektual turniri bo‘lib o‘tdi...
Taxiatoshda “Ko‘rish baxti” loyihasi o‘tkazildi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi tashabbusi bilan malakali ko‘z kasalliklari bo‘yicha mutaxassislar tomonidan “Ko‘rish baxti” loyihasi doirasida tuman aholisi uchun chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi...
Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlanmoqda
Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashi deputati Sh. Xudayarov Gurlan shaharchasi aholisi murojaatlarini o‘rganib, 4 ta bir-biriga tutash mahallalar hududidan o‘tuvchi “Xizir eli” kanalining ayrim qismlari ko‘milib qolganligi sababli, bahor-yoz mavsumida suv o‘tishida muammolar yuzaga kelayotgani holati yuzasidan tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DMga deputat so‘rovi yuborgan edi...
Partiya tashabbusi bilan “Salomatlik aksiyasi” o‘tkazildi
Xalq deputatlari Baliqchi tumani Kengashi tashabbusi bilan “O‘rmonbek” mahallasida tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limi bilan hamkorlikda “Salomatlik aksiyasi” o‘tkazildi. Aksiya doirasida mahallada istiqomat qiluvchi 37 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, 2 nafar fuqaroga esa tuman tibbiyot birlashmasida davolanishi uchun yo‘llanma berildi...
Deputat ko‘magi bilan aholining ekin maydonlari oqava suv bilan ta’minlandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya fraksiyasi a’zosi Baxitjan Xabibullayev Kegeyli tumanidagi “Bay ovul” va “Basar ovul” aholisi bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida ushbu hududlarga oqava suv olib keluvchi asosiy ariq to‘silib qolgani – ekin yerlarini sug‘orish, aholining daromad manbalari va dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirish imkoniyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani yuzasidan murojaat kelib tushgan edi...
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Senator va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda Oliy Majlis Senati a’zosi Malika Qodirxonova ham ishtirok etib, yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida atroflicha fikr bildirdi...
Xalq demokratik partiyasining eng faol deputati aniqlandi
“Eng faol deputat” ko‘rik-tanlovining bu yilgi respublika bosqichi “Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga intilamiz!” shiori ostida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi...
Andijonlik deputatimiz tashabbus ko‘rsatdi
Xalq deputatlari Oltinko‘l tumani Kengashi deputati D. Karimov tumandagi “Murobod” mahallasi fuqarolari tomonidan hududdagi ichimlik suvi minorasiga loyqa tiqilib qolganligi, buning natijasida suv sig‘imi kamayib, aholiga yetarlicha suv yetkazib berilmayotganligi bo‘yicha qilingan murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi...